tilni tanlang:: Uz / Đó / En

Tarjimai hol

Men Mamazoitova Gulsanam Mamadalievna 1981 yil 22 martda Farg'ona shahrida san'atkorlar oilasida tug'ilganman.

1997 yilda Farg'ona shahridagi 1-o'rta maktabning 9 sinfini tamomlab, Farg'ona davlat san'at bilim yurtining an'anaviy ijrochilik bo'limiga o'qishga kirdim.                                                                                               
1999 yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqomchilar konkurisida 2-o'rin, 2000 yil Xorazmda bo'lib o'tgan 1- Respublika Mumtoz musiqa festivali g'olibi bo'ldim.                                                                              

2000 yilda bilim yurtini tamomlab O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining sharq musiqasi bo'limiga qabul qilindim. 

2003 yilda "Aziz ona yurtim navolari" Milliy estrada konkursining 1-o'riniga sazovor bo'lib to shu bugungacha davlatimizning bayram va tadbirlarida muntazam qatnashmoqdaman.

Konservatoriyani 2004 yilda magistratura bosqichida davom ettirdim va 2006 yilda tamomladim.

2004 yilda hukumatimiz tomonidan "Nihol" mukofoti bilan va 2006 yilda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'ldim.

Mustaqilligimiz 22-yilligi arafasida 2013 yil 23 avgust kuni yuksak "O'zbekiston Xalq artisti" unvoni bilan taqdirlandim.